Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 8 aprel kuni soat taxminan 01:00 (Toshkent vaqti bilan 02:00) da Samaraning Kinel tumanida sodir bo‘lgan. Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Scania rusumli avtobus O‘zbekiston fuqarolarini Nijniy Novgorodga olib ketayotganida ag‘darilib ketgan. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Haydovchi avtobusni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamaydigan tezlikda boshqargani aytilmoqda. Politsiya avtohalokat sabablarini aniqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblasti Algin rayoni hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi