Foto: Getty Images
Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonmasligi kerakligini ta’kidladi.
"Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishi kerak. Agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, biz hammamiz yutqazamiz. Hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaslikning narxi Putinni qaytarishdan ancha qimmatroq bo‘ladi", — deb yozadi Britaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Devid Kemeron va Stefan Sejurne The Telegraph nashrida.
Vazirlar o‘z mamlakatlari tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamdan g‘ururlanishlarini, ammo Rossiyani mag‘lub etish uchun ko‘proq yordam berish kerakligini aytgan. Rossiya rahbariyati Rossiyani jang maydonida mag‘lub etib bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Kemeron va Sejurne iyul oyida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni yana bir bor tasdiqlashga, shuningdek, iyul oyida Qo‘shma Shtatlarda NATO sammiti samarali o‘tkazilishini ta’minlashga va’da bergan.
Bloomberg avvalroq Ukrainaning g‘arbiy hamkorlari kelayotgan yozda Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan xavotirda ekanligini aytgan edi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari hozirda Ukraina armiyasiga qaraganda sezilarli darajada ko‘proq snaryadlardan foydalanmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Kiyevda hujum qilish uchun yetarlicha o‘q-dorilar yo‘qligini tan olgan.
Kiyev 2022 yilning kuzida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Ittifoqchilar Ukrainaning alyansga qo‘shilish istiqboli borasida kelisha olmagan. Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha mazkur qarorni qo‘llab-quvvatlagan. AQSH va Germaniya Ukrainaning NATOga kirish vaqti hali kelmagan deb hisoblagan edi.
"Iyul oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan alyans sammitida Ukraina alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilinmaydi", — deb ma’lum qilgan The New York Times. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi