
Foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi (KXSHT) vakili Mikael Agasandyanni lavozimidan ozod qildi. Tegishli qaror normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy veb-saytida joylashtirildi.
Ma’lum qilinishicha, bu lavozimga Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Viktor Vasilev tayinlandi.
“Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Viktor Lvovich Vasilev Rossiyaning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi doimiy va muxtor vakili etib tayinlansin”, — deyiladi hujjat matnida.
Putin 2021 yil sentyabrida Agasandyanni Rossiyaning KXSHTdagi doimiy va muxtor vakili etib tayinlagandi. O‘shanda Rossiya prezidenti boshqa farmoni bilan Andrey Shvedovni ushbu lavozimdan ozod qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar