Anjelina Joli Bred Pittni jismoniy zo‘ravonlikda aybladi

Dunyo1 daqiqa o'qish507
Anjelina Joli Bred Pittni jismoniy zo‘ravonlikda aybladi
Foto: Dzen
Anjelina Joli sobiq eri Bred Pitt tomonidan bir necha bor jismoniy tahqirlangani va zo‘ravonlik ko‘rganini rasman oshkor qildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Bred Pittga nisbatan bunday ayblov Los-Anjeles Oliy sudiga Joli tomonidan taqdim etilgan arizada qayd etilgan. Unga ko‘ra, 2008 yildan beri sobiq er-xotinning umumiy mulki hisoblangan Chateau Miraval vino zavodining sotilishiga qarshilik bildirilgan edi.

Hujjatda qayd etilishicha, ajrashish qaroriga kelgach, Anjelina dastlab o‘z ulushini rossiyalik tadbirkor Yuriy Sheflerga emas, balki aktyorga sotish niyatida bo‘lgan. Biroq uning sobiq eri Jolidan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha shartnoma imzolashni talab qilgan va shu bois kelishuv amalga oshmagan.

Ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv Joli va farzandlariga nisbatan Bred Pittning shafqatsiz munosabati haqida suddan tashqarida so‘zlashni taqiqlar edi.

"Mashhurlar oilasida jismoniy zo‘ravonlik 2016 yil sentyabr oyida Fransiyadan Los-Anjelesga uchish davrida yuz bergan voqeadan avvalroq boshlangan. O‘sha kuni samolyot bortida aktyor bolalariga qo‘l ko‘targan edi. Shundan so‘ng Anjelina Joli darhol uni tark etdi", — deyiladi arizada.

Anjelina Joli va Bred Pitt 2016 yilda ajrim uchun ariza bergan. Shundan so‘ng aktrisa oilaviy zo‘ravonlik haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilgan.

Samolyotdagi janjal paytida Pitt bolalardan birini bo‘g‘gan, ikkinchisining yuziga tarsaki tortgan, xotinining boshidan ushlab silkitgan, so‘ng xotini va bolalariga pivo va vino qoldiqlarini sepib yuborgan. Federal qidiruv byurosi mazkur voqea ustida tekshiruvlar olib bordi, ammo jinoiy ish qo‘zg‘atmadi.

Ajrashish jarayoni 2023 yilning avgustida o‘z yakuniga yetdi, ammo shundan keyin ham tomonlar bir-birini ayblashda davom etmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?