date
views 469

Isroil fuqarosi armiyaga borishdan bosh tortdi

Isroil fuqarosi armiyaga borishdan bosh tortdi
Isroil fuqarosi Ben Arad G‘azodagi misli ko‘rilmagan xunrezlikka norozilik bildirgan holda harbiy xizmatga borishdan bo‘yin tovladi. 18 yoshli yigit ushbu harakati uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ben Arad G‘azodagi misli ko‘rilmagan qotilliklar kampaniyasi nafaqat HAMAS, balki butun Falastin xalqiga qaratilganini qayd etgan.

G‘azoda tinch aholi vakillarining o‘ldirilishi, ochlik, kasalliklar, binolarning vayron qilinishi, bosib olingan hududlarda kelgindilarning jinoyatlari – bularning bari nafrat va terror oloviga moy sepadi. Jangovar harakatlar garovdagilarni qaytara olmaydi, marhumlarni tiriltirmaydi ham”, – degan Ben Arad.

Avvalroq Isroilning Tal Mitnik ismli fuqarosi ham ayni shu sababga ko‘ra harbiy xizmatga borishdan bosh tortgan edi.

Isroil harbiylari ko‘p yillardan buyon amalga oshirayotgan zo‘ravonlik harakatlari bizni himoya qila olmadi. Biz oxiri ko‘rinmayotgan zo‘ravonliklar girdobidamiz. Armiya o‘z harakatlari bilan faqat yanada ko‘p qon to‘kilishiga xizmat qilmoqda”, – degan edi Tal Mitnik.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Isroil tomonidan G‘azoda 2023 yil 7 oktyabrdan buyon olib borilayotgan harbiy harakatlarda 33545 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 76094 nafari jarohatlandi.

Xalqaro hamjamiyat G‘azo sektorida gumanitar halokat yuzaga kelgani, tinch aholi vakillari orasida qurbonlar shiddat bilan oshib borayotgani haqida bong urmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil fuqarosi armiyaga borishdan bosh tortdi