O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Sirojiddin Shokirov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan.
2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.
U Qozog‘iston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan yashirin yo‘llar orqali Suriyaga o‘tgan va ISHIDga qo‘shilgan, uning tarkibida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan. Jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan.
"Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e’tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bo‘lishini, qaysi sahifalarni kuzatib borishini doimo nazorat qiling! Ogoh bo‘ling, farzandingiz yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymang!" - deyiladi IIBB ma’lumotida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Sirojiddin Shokirov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan.
2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.
U Qozog‘iston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan yashirin yo‘llar orqali Suriyaga o‘tgan va ISHIDga qo‘shilgan, uning tarkibida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan. Jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan.
"Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e’tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bo‘lishini, qaysi sahifalarni kuzatib borishini doimo nazorat qiling! Ogoh bo‘ling, farzandingiz yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymang!" - deyiladi IIBB ma’lumotida.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…