Livandan Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirildi

Dunyo1 daqiqa o'qish376
Livandan Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirildi
Foto: Reuters
Isroilga Livandan 40 ga yaqin raketa uchirildi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) matbuot xizmati.

Departamentning ta’kidlashicha, raketalarning bir qismi urib tushirilgan, qolganlari esa kimsasiz hududlarga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

SAHAL qo‘shimcha qilishicha, Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari avvalroq ikkita dronni urib tushirgan. Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida Isroil harbiylari Livan janubidagi nishonlarga bir necha bor zarbalar berdi, deyiladi press-relizda.

Isroilning The Times of Israel nashri «Hizbulloh» Isroilga qilingan hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deb yozdi. Guruh Isroil artilleriya pozitsiyalariga «o‘nlab» raketalar otganini da’vo qilmoqda.

SAHAL xabariga ko‘ra, Isroil shimolida kamida ikki marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Internetda Isroil havo mudofaasi ishini aks ettiruvchi videolar ham paydo bo‘ldi.

1 aprel kuni Isroil aviatsiyasi Suriyaning Damashq shahridagi Eron konsulligiga zarba berdi. Hujum oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan «Quds» kuchlari qo‘mondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok bo‘ldi.

Zarbadan so‘ng Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilni nazarda tutib «sionistik rejim jazolanishini» aytdi. Keyinroq Xomanaiyning harbiy maslahatchisi Isroil elchixonalarining hech biri «endi xavfsiz emas» deb tahdid qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden 11 aprel kuni Eron o‘z qo‘mondonlarining o‘ldirilishiga javoban Isroildagi nishonlarga zarba berishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchixonasi o‘z xodimlariga «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» Quddus, Tel-Aviv va Beershebadan tashqariga chiqmaslikni buyurdi.

Axios manbalariga ko‘ra, agar Vashington Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatga aralashsa, Eron mintaqadagi AQSH bazalariga hujum qilinishidan ogohlantirgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?