date
views 211

Germaniya Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yuboradi

Germaniya Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yuboradi
Foto: Gagadget.com
Germaniya yaqin orada Ukrainaga Bundesver zaxiralaridan yana bir Patriot havo mudofaa tizimini yuboradi. Bu haqda G‘arb manbalariga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Patriot mudofaa tizimi yetkazib berilishi yuzasidan dastlab Germaniya Mudofaa vazirligi bayonot bergan. Hozirgacha Kiyevga yetkazib berilgan ikkita Patriot havo mudofaa tizimiga qo‘shimcha ravishda yana bitta texnika jo‘natilishi aytilgan.

Biz Ukrainaga o‘zimizning jangovar tayyorgarligimizdan kelib chiqqan holda, imkoniyatimiz darajasida yordam beramiz”, — degan mudofaa vaziri Boris Pistorius bayonotda.

Germaniya Ukrainaga AQSHdan keyin ikkinchi yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi. Berlin hozirgacha Kiyevga harbiy yordam va kelajakdagi maqsadlar uchun 28 milliard yevro ajratgan. Rossiya G‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborilishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yuboradi
-->