
Kim Kardashyan va Kane Uestning Nort ismli to‘ng‘ich qizi hozirda o‘n yoshda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan. Qizaloq TikTok'ga joylashtiradigan turli ko‘ngilochar videolar unga katta miqdorda pul olib keladi.

Kane Uest qizi Nort bilan
Foto: People
Nort Uestga 20 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Ular har safar yosh yulduzning videolarini topga olib chiqishga yordam berishadi. TikTok'dagi bitta post Nortga kamida 30 ming dollar daromad olib keladi.

Foto: Getty Images
Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, postlar ichida eng daromadlisi Nortning dadasi bilan raqsga tushgan kulgili video bo‘ldi. Mazkur post unga 45 ming dollar mablag‘ keltirdi.

Foto: The Famous People
O‘n yoshli blogerning mashhurligi va obunachilari soni kundan-kunga o‘sib bormoqda. Ma’lumot uchun, joriy yilda Nort musiqa sohasida o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. U o‘zining ilk Elementary School Dropout nomli albomi ustida ish olib bormoqda.
Kim KardashyanKane UestNort UestTikTok VideosiYosh YulduzDaromad Mablagi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar