
Foto: Google Images
Oq uyning ma’lum qilishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden shanba kuni tushdan keyin Vashingtonga qaytib kelgan va o‘zining milliy xavfsizlik guruhi bilan Yaqin Sharqdagi voqealar yuzasidan maslahatlashish uchun dam olish kunini vaqtliroq to‘xtatgan. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi CGTN America telekanali xabarida aytilgan.
Davlat rahbarining dam olish kunlaridan oldin e’lon qilingan jadvaliga ko‘ra, 12 aprel, juma kuni kechqurun Bayden Delaver shtatidagi Rexobot plyajidagi qarorgohiga bordi va u yerda 14 aprel, yakshanba kunigacha qolishi kerak edi.
AQSH prezidentining zudlik bilan mamlakat poytaxtiga qaytishi Eronning Isroilga ehtimoliy hujumi fonida sodir bo‘lmoqda. CBS News telekanali AQSH rasmiylari ma’lumotlariga tayanib ta’kidlaganidek, Bayden “Eron tez orada Isroilga zarba berishini” kutmoqda. Ularga ko‘ra, hujumda 100 ga yaqin dron, shuningdek, 150 ta uzoq masofali qanotli va ballistik raketalar ishtirok etadi.
Xabarda aynan Yaqin Sharqdagi qanday voqealar muhokama qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Jo BaydenYaqin SharqAQSH prezidentiMilliy XavfsizlikDron HujumiIsroil Ehtimoli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar