16:22 / 15.04.2024
488

Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)

Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)
Foto: Videodan kadr
Moskva sharqidagi Tagilskaya ko‘chasidagi qurilish maydonchasida 20 ga yaqin migrant mushtlashdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining poytaxt bosh boshqarmasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Hodisa 14 aprel kuni tushdan keyin “Metronom” turar joy majmuasi qurilish maydonida sodir bo‘lgan.

Bir guruh odamlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan va u mushtlashuvga aylangan. Janjal paytida ular tayoq va toshlardan foydalangan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qilinadi”, — deydi boshqarma.

BAZA Telegram kanaliga ko‘ra, mushtlashuvga bir o‘ram armatura sabab bo‘lgan. Migrantlar qurilish materiallarini taqsimlay olmagan.

Tojikiston va O‘zbekistonning ikki ishchi guruhi armatura o‘ramini bo‘lisha olmagan. Dastlab quruvchilar mushtlashgan, keyin esa raqiblariga tosh otgan. Voqea joyiga politsiya chaqirilgan. Natijada bo‘limga 20 kishi olib ketilgan (10 nafardan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari). Hech kim jiddiy jarohat olmagan va tibbiy yordam talab qilinmagan”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)