23:59 / 15.04.2024
174

Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti”

Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti”
Arxiv foto: Flectone
G7 mamlakatlari rahbariyati Eronga nisbatan chora ko‘rish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Al Jazeera nashri G‘arb manbalariga tayanib, xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, G‘arb koalitsiyasi Eronning tajovuzkorligiga qarshi turish uchun mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Choralar harbiy, siyosiy yoki iqtisodiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.

Biz ittifoqchilarimiz bilan birgalikda qanday choralar ko‘rishimiz mumkinligini ustida bosh qotiryapmiz. Eron hujumlarini qoralash borasida G7 davlatlari pozitsiyalari juda yaqin”, — degan Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak o‘z bayonotida.

Rishi Sunak bildirishicha, ittifoqchilar tomonidan ko‘riladigan har qanday chora-tadbirlar Eronga va sanksiyalari ostidagi boshqa aloqador guruhlarga maksimal darajada ta’sir etadi.

Oldinroq G7 ga raislik qiluvchi Italiya Isroilga qarshi dushmanlik harakatlari sodir etgan shaxslar va hukumatlarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirgan edi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar Eronga nisbatan ko‘riladigan choralar faqat iqtisodiy ahamiyat kasb etishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, G7 (“Yettilik guruhi”) Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSH kabi mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu koalitsiya iqtisodiy va harbiy jihatdan nihoyatda ulkan potensialga ega mamlakatlarni birlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti”