09:43 / 16.04.2024
218

Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi

Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden qo‘shma soliq deklaratsiyasini e’lon qildi. Oilaning 2023 yildagi daromadi 619,9 ming dollarni tashkil etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Tegishli summadan 146,6 ming dollar federal soliqlarga to‘langan. Daromad solig‘i stavkasi 23,7 foizni tashkil etgan. Ular Delaver shtatida soliqqa 30 900 dollar ajratgan, u yerda prezident oilaviy uyga ega. Jill Bayden Virjiniya shtatida 3500 dollar soliq to‘lagan. Bundan tashqari, juftlik 20,5 ming dollarga yaqin mablag‘ni xayriya uchun 17 ta xayriya tashkilotiga yo‘naltirgan.

Bayden va uning rafiqasi o‘z daromadlarining beshdan to‘rt qismini mos ravishda AQSH prezidenti va Shimoliy Virjiniya munitsipal kollejida o‘qituvchi sifatidagi ishlaridan olgan. Shu tariqa Bayden 400 ming dollar, rafiqasi esa ingliz tili o‘qituvchisi sifatida 85 985 dollar ishlab topgan”.

Vitse-prezident Kamala Harris va uning turmush o‘rtog‘i Duglas Emhoff ham soliq hujjatlarini e’lon qildi. Ularning umumiy daromadi deyarli 450,3 ming dollarni tashkil etdi. Shundan 88,5 ming dollardan ortig‘i daromad solig‘i sifatida to‘langan. Bu ko‘rsatkich 19,7 foizni tashkil etgan. Ular Kaliforniya shtatida 15 100 dollar soliq to‘lagan. Emhoff Kolumbiya okrugida soliq uchun 11,600 dollar sarflagan. Er-xotin 2023 yilda xayriya ishlariga 23 ming dollar ajratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi