Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish509
Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi
Foto: Politico
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon suhbatida yahudiy davlati rasmiylarining Eron hujumiga javob berishdan boshqa chorasi yo‘qligini aytdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Axios xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yoav Galant o‘z hamkasbiga Isroil hududiga uchirilgan ballistik raketalarga javob bermasdan turolmasligini aytgan. Shuningdek, u yahudiy davlati Isroil Suriyadagi nishonlarga har safar zarba berganida Eron to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum bilan javob qaytaradigan vaziyatga rozi emasligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Ostin vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytgan. 13 aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida yahudiy davlatining Eron zarbasi bilan bog‘liq javob choralarini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgandi.

Eronning Isroilga hujumi va sabab

14 aprel kuni Eron tunda 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik raketalar bilan Isroilga hujum qildi. Bunga Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga 1 aprel kuni bergan aviazarbasi sabab bo‘ldi. Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016 yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy vafot etgan.

Holat yuzasidan AQSH razvedkasi Isroilni Eron tomonidan qasos hujumi bo‘lishidan ogohlantirgan, Bayden Isroilni doim qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Eronni hujum qilmaslikka chaqirgan. Bunga javoban Eron agar amerikalik harbiylar Isroil tomonda ularga qarshi jang qilsa, nishonga olinishlaridan ogohlantirgan. O‘z navbatida, AQSH harbiylari hafta oxirida Eron va Yamandan Isroilga uchirilgan 80 dan ortiq dronni urib tushirgan. Ular orasida kamida olti ballistik raketa ham bo‘lgan.

Isroil armiyasining da’vo qilishicha, 14 aprel kuni mamlakatga yaqinlashayotgan raketa va dronlarning 99 foizi Arrow uzoq masofali raketaga qarshi mudofaa tizimi va qiruvchi samolyotlar tomonidan yo‘q qilingan. Eron harbiy shtab-kvartirasi hujumni “muvaffaqiyatliroq” deb atagan va javob hujumi bo‘lgan taqdirda “kattaroq kuch bilan” zarba berishni va’da qilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?