Foto: The Moscow Times
Ukrainada ikki yil davom etgan urushda kamida 50 ming rus askari halok bo‘lgan. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.
BBC rus nashri va mustaqil “Mediazona” axborot sayti tomonidan e’lon qilingan mustaqil hisobotga ko‘ra, 50 ming rus askari halok bo‘lishi bilan bog‘liq statistikani “Kreml” nashri tasdiqlagan. Jarohatlanganlar umumiy soni haqida statistika berilmagan.
G‘arb agentliklari rasmiy bayonotlar, gazetalardagi nekrologlar hisobotlari va ijtimoiy tarmoqlardagi tahliliy postlar orqali halok bo‘lgan rossiyalik askarlar soni haqidagi statistikani tekshirayotgani ma’lum qilingan.
2023 yilda e’lon qilingan hisobotda 27 300 nafar rus askari halok bo‘lgani aytilgan edi. Ularning mutlaq ko‘pchiligi muddatli harbiy xizmatchilar bo‘lgan.
Jurnalistlarning aytishicha, Rossiya urushidagi qurbonlarning haqiqiy soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin. O‘limlar haqidagi statistikaga Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk va Lugansk respublikalaridagi raqamlar kiritilmagan.
Hisobotga ko‘ra, kamida 9000 rossiyalik mahbus janglarga jalb qilingan. Ayni paytda frontda jang qilayotgan mahbuslar soni aytilmagan.
Halok bo‘lgani e’lon qilingan 50 ming harbiy xizmatchi orasida Rossiya qurolli kuchlarining 3300 dan ortiq ofitserlari bo‘lgan. Ulardan 390 nafari podpolkovnik va undan yuqori unvonda bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi