23:50 / 18.04.2024
328

Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi

Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi
Foto: RT
Germaniya hududida Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Der Spiegel nashri prokuraturaga asoslanib xabar berdi.

Tergov talqiniga ko‘ra, bu shaxslar qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Qo‘lga olinganlar Amerika bazalarini kuzatuvga olishgan va harbiy transport yo‘nalishlariga hujumni rejalashtirishgan, deb yozdi nemis nashri. Qolaversa, ular ukrainalik tankchilar tayyorlanayotgan Grafenver bazasini ham kuzatuvga olishgan, to‘plagan ma’lumotlarini Rossiya tomoniga jo‘natib turishgan.

Har ikki shaxs Bayroyt shahrida ushlangan. Birining ismi Diter S. — 39 yoshda, ikkinchisi Aleksandr J — 37 yoshda. Politsiya ma’lumotida ularning biri Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan 2023 yilda yollangani aytiladi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, u DXR tomonida turib jangovar harakatlarda qatnashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi