10:00 / 19.04.2024
138

Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video)

Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video)
Foto: Anadolu
Turkiyaning shimoliy qismida 18 aprel kuni 5,6 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, zilzila Tokat viloyatida yuz bergan. Zilzila kuchi Samsun, Yozgat, Chanqiri, Chorum viloyatlarida ham sezilgan.

Mamlakat shimolidagi Tokat viloyatining Sulusaroy tumanida mahalliy vaqt bilan kechki soat 18:11 da zilzila kuchi sezilgan. Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘limi talafot oqibatlarini bartaraf qilishga kirishgan.

Ayni damda Yozgat shahridagi 2 qavatli uy va Sulusaroydagi beshta omborxona zarar ko‘rgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Tokat viloyati gubernatori No‘mon Xatipog‘lu maxsus bayonot e’lon qilib, hozirga qadar qurbonlar yoki tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video)