Foto: Getty Images
AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Ukraina 2024 yil oxirigacha Rossiyaga qarshi urushda yutqazishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Berns tegishli bayonotni Jorj Bush nomidagi prezidentlik markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda e’lon qilgan. U Ukrainaning harbiy sa’y-harakatlari uchun milliardlab dollar ajratadigan qo‘shimcha dasturni qabul qilishga chaqirgan.
"Amaliy va psixologik jihatdan harbiy yordam ko‘rsatish orqali ukrainlar 2024 yil oxirigacha turib bera oladi va Putinning “vaqt uning tomonida” ekani haqidagi mag‘rur fikrini yengadi", — dedi u.
Bernsning aytishicha, Kongress Ukrainaga harbiy yordam ajratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasa, “urush tasviri yomonroq bo‘ladi”.
"Xavf juda real, chunki ukrainlar 2024 yil oxirigacha jang maydonida mag‘lub bo‘lishi yoki Putin mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish shartlarini aytishi mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolishi mumkin", — deydi Berns.
U Ukrainaga yordam geosiyosiy vaziyatga ham ta’sir qilishi, chunki “bu Xitoydagi Si Szinpinga, uning ambitsiyalariga, shuningdek, Hindiston—Tinch okeani mintaqasidagi Amerika ittifoqchilari va sheriklariga ham aloqador” ekanini ta’kidladi.
"Hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Rossiya bilan urushdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatli", — deya xulosa qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi