15:48 / 19.04.2024
322

Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video)

Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video)
Foto: Videodan kadr
Stavropol o‘lkasi Krasnogvardeyskiy okrugida Tu-22M3 rusumli uzoq masofaga harakatlanuvchi bombardimonchi samolyot halokatga uchradi, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vazirligi.

Qulagan samolyot uchuvchilari katapulta qilingan. Ekipajning uch nafar a’zosi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan evakuatsiya qilingan.

Keyinroq evakuatsiya qilingan uchuvchilardan biri vafot etgani, to‘rtinchi uchuvchini qidirish ishlari davom ettirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mash manbasi esa qidirilayotgan to‘rtinchi uchuvchi ekipaj komandiri ekani va u oxirgi lahzagacha kabinani tark etmay, voqea joyida halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati qo‘shimcha qilishicha, samolyot jangovar topshiriqni bajarib qaytayotganida odamlar yashamaydigan hududda halokatga uchragan. Uning bortida o‘q-dorilar bo‘lmagan. Vazirlik yerda vayrongarchiliklar kuzatilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Dastlabki taxminlariga ko‘ra avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgan. Ammo «Ukrainskaya pravda» monitoring telegram-kanallarga tayanib samolyot urib tushirilgani haqida yozdi.

Keyinroq Ukraina qurolli kuchlari ham Tu-22M3 ukrain aviatsiyasi va Ukraina bosh razvedkasi boshqarmasi o‘tkazgan amaliyot davomida zenit raketa bilan urib tushirilganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, bunday samolyot birinchi marta urib tushirilmoqda va u Rossiya qo‘shini muntazam ravishda Ukraina shaharlari tomon uchirayotgan X-22 qanotli raketalarini olib yuradi.

Zarba Ukraina chegarasidan 300 km masofadagi nishonga berilgani ma’lum qilingan.

19 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukrainaning Dnipropetrovsk oblastiga raketa zarbalari yo‘llagandi, hujum oqibatida besh qavatli turar joy binosi ham shikastlangan.

«Agentstvo» esa tovush tezligidan tez uchuvchi Tu-22M3 raketa tashuvchisi Rossiya qo‘shini Ukrainaga bosqin davrida yo‘qotgan uchinchi shunday samolyot ekaniga e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, u havoda halokatga uchragan birinchi Tu-22M3 bo‘ldi.

Bungacha xuddi shunday Tu-22M3 samolyoti 2023 yil 19 avgustida Novgorod oblastidagi harbiy aerodromga dronlar hujumi vaqtida yonib ketgandi.

Yana bir samolyot 2022 yil dekabrida Ryazan va Saratov oblastlaridagi aerodromlar bo‘ylab amalga oshirilgan dronlar hujumi vaqtida jiddiy shikastlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video)