Foto: Sputnik Afghanistan
“Tolibon” rahbariyatiga yaqin bo‘lgan Maulvi Umar Jan Oxundzoda 19 aprel kuni Pokistondagi qurolli hujumda o‘ldirildi. Bu haqda Sputnik Afghanistan manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘ldirilgan Maulvi Umar Jan Oxundzoda Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi jihodchilar maktabi rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u “Tolibon” yetakchisi mulla Haybatulloh Oxundzodaga yaqin kishilardan bo‘lgan.
Maulvi Umar Jan Oxundzoda Pokistonning Kvetta shahrida qurolli shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Uning jasadi 19 aprel, juma kuni Afg‘onistonning Zobul viloyatida dafn etilgan.
Umar Oxundzoda Pokistonga hayit bayramini o‘tkazish uchun borgani, uning oilasi ham Pokistonda istiqomat qilishi aytilgan.
Bir qancha xalqaro nashrlar o‘ldirilgan Umar Oxundzodani qora ro‘yxatdagi xavfli shaxs sifatida keltirgan. Unga terrorchilarni mafkuraviy jihatdan tayyorlab borish aybi qo‘yilgan.
“Tolibon”ga yaqin vakilning Pokistonda kim tomonidan o‘ldirilgani hozircha noma’lum. Islomoboddagi hukumat bu suiqasdga aloqadorlikni rad etib, qotillikda terrorchilik guruhlarni ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi