date
views 218

Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)

Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.


Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Elchixonada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)
-->