20:51 / 20.04.2024
337

Fransiyalik siyosatchi Yevropa Ittifoqini jinoiy tashkilot deb atadi

Fransiyalik siyosatchi Yevropa Ittifoqini jinoiy tashkilot deb atadi
Foto: Global Look Press
Fransiyaning “Vatanparvarlar” partiyasi rahbari Florian Filippo Rossiya aktivlarini o‘g‘irlashga urinish Yevropa Ittifoqiga qimmatga tushadi, degan fikrni bildirib, Yevropa Ittifoqini jinoiy tashkilot deb atadi.

Xalqaro huquqqa qo‘pol tajovuz Yevropaga qimmatga tushadi”, — deydi siyosatchi. U Yevropa Ittifoqining Rossiya aktivlaridan olingan daromadlarni Ukrainaga harbiy yordam uchun ishlatish niyatini “Rossiya aktivlarini o‘g‘irlash” deb hisoblagan.

Filipponing fikricha, “Yevropa Ittifoqi jinoiy tashkilotdir”. U Yevropa Ittifoqi o‘z harakatlari bilan yevropaliklarni inqirozga olib borishidan ogohlantirgan.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan tushgan foydadan Ukrainaga harbiy yordam uchun dastlabki 2,5-3 milliard yevro sarmoya kiritish niyatini ma’lum qilgandi. Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Bryusseldagi norasmiy sammitda Yevropa Ittifoqining taklifini zudlik bilan qabul qilishga chaqirgan.

Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSH va Yaponiya Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin Rossiyaning taxminan 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygan. Buning taxminan 5-6 milliard dollari Qo‘shma Shtatlarda, katta qismi Belgiyadagi Euroclear xalqaro platformasida.

Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaning ta’kidlashicha, Rossiya banki, agar G‘arb Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalansa, o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik siyosatchi Yevropa Ittifoqini jinoiy tashkilot deb atadi