
Arxiv foto: “TASS”
Rossiya harbiylari 20 aprel kuni Gruziya bilan chegarada sabotaj uyushtirishga tayyorlanishda gumonlangan Ukraina fuqarosini qo‘lga olgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, chegara qo‘riqlash xizmatlari hibsga olingan erkakdan shubhalanib, uning shaxsini aniqlashga harakat qilgan. Tekshiruv oqibatida u Ukrainadan kelgani va Kiyev maxsus xizmatlari bilan aloqasi borligi ma’lum bo‘lgan.
“36 yoshli Ukraina fuqarosi internet-messenjer orqali maxsus harbiy operatsiya zonasidagi Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari va texnikasining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va Ukraina maxsus xizmatlariga uzatish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi Rossiya bayonotida.
Hibsdagi erkak telefonidan topilgan ma’lumotlar federal xavfsizlik kengashiga topshirilgan. Ayni damda erkakning Rossiya hududiga kirib kelishdan maqsadi aniqlashtirilmoqda.
Erkak qo‘lga olingan Shimoliy Osetiya hududida chegara nazorati kuchaytirilgan. Federal xavfsizlik xizmati mamlakatga kirib keluvchilarni jiddiy tekshirishni buyurgan.
Gumonlanuvchi ayni damda Rossiya Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha josuslikda ayblanmoqda. U 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar