Foto: gov.uk
Germaniyaning Rheinmetall korxonasi Buyuk Britaniya uchun eng yangi Challenger 3 tankining sakkizta prototipini ishlab chiqardi, sinovlar davom etmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati xabar berdi.
Umuman olganda, armiyaga ushbu rusumdagi 148 ta tank yetkazib berish rejalashtirilgan. Challenger 3 mamlakatda 2040 yilgacha xizmat qilishi kutilmoqda.
«Borgan sari xavf ortayotgan dunyoda Challenger 3 kabi tanklarga ehtiyoj juda muhim, chunki Buyuk Britaniya duch keladigan tahdidlar kuchaymoqda. Bu tank Britaniya armiyasining jangovar salohiyatining tayanchi va tiyib turuvchi kuchlarining ajralmas qismi bo‘ladi», dedi Mudofaa vaziri Grant Shapps.
Londonning ta’kidlashicha, Challenger 3 ilg‘or zirh va eng so‘nggi texnologiyaga ega bo‘lib, «bu Britaniya armiyasi tomonidan ishlatiladigan eng qirg‘inchi va bardoshli tankdir». Gap NATO o‘q-dorilari bilan mos keladigan silliq stvolli pushka, shuningdek, yaxshilangan zirh va sensorlar haqida ketmoqda.
Oldingi model - Challenger 2 tankini ishlab chiqarish 30 yil oldin, 1994 yilda boshlangan va 4 yildan so‘ng foydalanishga topshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi