09:16 / 23.04.2024
175

Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi

Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi
Foto: Arab News
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy muzokara olib borish uchun Pokistonga keldi. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, safardan maqsad Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar yuzasidan kelishuvga erishish ham uchrashuvlar dasturidan o‘rin olgan.

Eron prezidenti Pokiston poytaxtiga turmush o‘rtog‘i, vazirlar mahkamasi a’zolaridan iborat oliy darajali delegatsiya va ishbilarmonlar jamoasi bilan kelgan. Uni Islomobod aeroportida Pokistonning uy-joy va qurilish federal vaziri Mian Riaz Husayn Pirzoda va Pokistonning Erondagi elchisi Mudassir Tipu kutib olgan.

"Bosh vazir Shahboz Sharif va Eron prezidenti Ibrohim Raisi Bosh qarorgohida rasman uchrashadi. Pokiston va Eron o‘rtasida delegatsiyalar darajasidagi muzokaralar raundi ham bo‘lib o‘tadi", — deyiladi Pokiston tomoni tarqatgan bayonotda.

Bosh vazir Sharif va Raisiy ikki mamlakat o‘rtasida bir qancha memorandum imzolanadigan marosimda ishtirok etishi ma’lum qilingan. 22—24 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrifi chog‘ida Eron davlat rahbari Pokiston bosh vaziri, prezidenti, Senat raisi va Milliy assambleyasi raisi bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Raisiy, shuningdek, Karachi va Lahorga ham tashrif buyurishi qo‘shimcha qilingan.

Raisining Pokistonga tashrifi 2024 yil fevralida bo‘lib o‘tgan bahsli saylovlardan keyin ilk xorijiy tashrifdir. Ko‘p jihatdan tashrif maqsadi Eron, Pokiston va Afg‘oniston hududlarida joylashgan Balujiston mintaqasidagi terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

Tomonlar Pokiston—Eron aloqalarini yanada mustahkamlash va savdo, aloqa, energetika, qishloq xo‘jaligi va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga olgan turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadi”, — deyilgan manbada.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston o‘zining Eron va Afg‘oniston bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSH ixtiyoriga topshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi