15:22 / 25.04.2024
114

Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi

Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi
Foto: Getty Images
Ukraina hukumati xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklarga Ukraina fuqarosi pasporti yoki xalqaro pasport berishni taqiqladi. Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, endilikda ushbu hujjatlarni faqat migratsiya xizmatining hududiy organi yoki bo‘linmasidan olish mumkin.

"Ukrainaning 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolari uchun Ukrainaning fuqarolik pasportini, chet elga chiqish pasportini olish Davlat migratsiya xizmatining hududiy organi / hududiy bo‘linmasida amalga oshiriladi. Bunday pasportlarni berishni tashkil etish uchun Ukrainaning alohida bo‘linmasi yoki xorijiy diplomatik muassasasiga yuborish amalga oshirilmaydi", — deyiladi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda.

Biroq, bu talablar harbiy holat davrida chegarani kesib o‘tish huquqiga ega bo‘lgan ukrainalik erkaklarga (18-60 yosh) taalluqli emas.

Mazkur choralar Ukraina armiyasida kadrlar tanqisligi fonida joriy qilingan.

Ukraina TIV ukrainaliklar uchun hujjatlar ishlab chiqaruvchi “Hujjat” davlat korxonasi Tashqi ishlar vazirligi boshqaruvi doirasiga kirmasligini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi