20:00 / 27.04.2024
64

Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor

Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
Foto: Ufuq News
Qozog‘iston hukumati “Tolibon” hukumati uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda yordam berish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyorligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Tolibon” Sanoat va savdo vazirligi 26 aprel kuni Turkmaniston va Qozog‘iston rasmiylari bilan Kobulda uchrashuv o‘tkazgan. Unda bir qancha iqtisodiy va madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangarin Afg‘oniston hukumatini raqamlashtirishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, u Qozog‘iston afg‘on maktablarini internetga ulash va barcha bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashda hamkorlik qilishini bildirgan.

“Tolibon”ning Sanoat va savdo vazirligi uchrashuvda Shimoliy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lash, tranzit va transport xarajatlarini kamaytirish muhokama qilinganini aytgan.

Biz afg‘on hamkorlarimiz bilan o‘z tajribalarimizni baham ko‘rishga tayyormiz”, — degan Qozog‘iston vakili uchrashuvda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor