06:00 / 28.04.2024
123

AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi

AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi
Foto: Politico
AQSH yangi harbiy yordam dasturi doirasida Ukrainaga Patriot komplekslarining navbatdagi to‘plamini yetkazib beradi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, AQSH hukumati Ukraina uchun 6 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berishga tayyorlanmoqda. Bu yordam dasturi Kiyevning sharqiy frontdagi mudofaa salohiyatini saqlab qolishga qaratilgan.

Ushbu harbiy yordam AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan Ukrainaga 61 milliard dollarlik harbiy ko‘mak loyihasining bir qismi hisoblanadi. U Patriot havo mudofaasi tizimi uchun o‘q-dorilar, artilleriya o‘q-dorilari, dronlar, uchuvchisiz qurilmalar va qiruvchi samolyotlarga o‘rnatiladigan havo raketalarini o‘z ichiga oladi.

24 aprel kuni Pentagonning harbiy xarid bo‘limi boshlig‘i Uilyam LaPlante Rossiya mudofaa sanoati korxonalari kuniga uch smenada 24/7 rejimda ishlayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Rossiya yalpi ichki mahsulotining 6-7 foizini armiyaga sarflashi aytilgan. AQSHda esa bu ko‘rsatkich 3,2 foizni tashkil qiladi.

O‘tgan oyda prezident Bayden ma’muriyati ikki yillik urush davomida birinchi marta ATACMS raketalarini Ukrainaga jo‘natgani aytilgandi. Kiyev allaqachon Rossiya mudofaa chizig‘iga chuqur zarba berish uchun quroldan bir necha marta foydalangan. Mazkur qurol 300 kmgacha bo‘lgan nishonlarga zarba bera oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi