17:20 / 28.04.2024
113

Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi”

Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi”
Foto: Getty Images
Falastin prezidenti Mahmud Abbosning fikricha, Isroilning Rafahdagi harbiy amaliyoti yaqin bir necha kun ichida boshlanadi. Bu haqda u Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasi chog‘ida aytdi, deya “TASS” xabar berdi.

Falastin prezidenti bir necha kundan keyin Isroil Rafah shahrida harbiy operatsiya boshlashini aytgan. Uning ta’kidlashicha, bitta cheklangan zarba ularning barchasini Falastin hududini tark etishga majbur qilish uchun yetarli bo‘ladi.

"Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Misr va Iordaniya falastinlik qochqinlarni qabul qilishdan qat’iy bosh tortganini hisobga olsak, dunyo Falastin tarixidagi eng katta falokatga guvoh bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Abbos ayni damda G‘azodagi vaziyat keskin ekanini ta’kidlagan. Isroil harbiylari anklav hududining kamida 75 foizini vayron qilgan, ularning hujumi natijasida 34 ming kishi halok bo‘lgan.

Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Isroil mazkur operatsiyani HAMASdan qasos olish uchun (2023 yil 7 oktyabrdagi hujum uchun) boshlagani, ammo ayni damda uning harakatlari butun Falastin xalqiga qarshi urushga aylanganini aytgan. U G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar Germaniyaning Ikkinchi jahon urushi davridagi jinoyatlaridan ham yomonroq deb hisoblaydigan yevropalik siyosatchilarning fikrlariga qo‘shilgan.

Abbos G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi Falastin hududlarini yagona siyosiy tuzilmaga birlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qilgan. FMM rahbarining ta’kidlashicha, faqat shunday asoslarda falastinliklar Isroil tomoni bilan to‘liq va teng huquqli muloqot o‘tkazishi mumkin.

Abbos AQSHga Isroilga ta’sir o‘tkazish va uni Rafahdagi operatsiya rejalaridan voz kechishga majbur qilishi uchun murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi”