17:43 / 28.04.2024
651

Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video)

Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video)
Foto: Videodagi kadr
Shvetsiyada bir ayol politsiya himoyasida musulmonlarning muqaddas kitobi — Qur’onni yoqib yubordi. Bu haqda Turkiyaning Haber telekanali xabar berdi.

"Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Jade Sandberg ismli islomga qarshi ayol politsiya himoyasida Qur’oni karimni yoqib yubordi", — deb xabar qildi telekanal X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aksiya videosini ko‘rsatib.

SVT telekanali Shvetsiya politsiyasiga mamlakatda “Yevrovideniye” tadbiri boshlanishidan bir kun oldin, 3 may kuni Qur’onni yoqish aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi so‘rovnoma kelib tushganini xabar qilgan.

Avvalroq Islom hamkorlik tashkiloti va uning ko‘plab a’zolari Qur’onning yoqib yuborilishini keskin qoralagandi. Shvetsiya rasmiylari bunday harakatlarga ruxsat beruvchi jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishni boshlashlari haqida xabar berishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video)