20:11 / 28.04.2024
495

Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi

Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Arxiv foto: Ozodlik radiosi
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva aeroportlarida qolib ketgan fuqarolari bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Shohin Samadi xabar berdi.

27 aprel yakuniga ko‘ra, Vnukovo xalqaro aeroportining fuqarolarni vaqtincha saqlash zonasida 954 nafar Tojikiston fuqarosi sanitariya sharoitlarisiz qolmoqda. Ular orasida Rossiya hukumatining ta’lim kvotalari hisobidan Rossiyada tahsil olayotgan tojikistonlik talabalar ham bor.

"Vnukovo aeroportida qolib ketgan Tojikiston fuqarolarining umumiy sonidan 322 nafari uzoq soat kutishdan so‘ng Rossiya hududiga kiritildi. Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hukumati 306 kishini “chiqarib yuborish ro‘yxati”ga kiritmoqchi. Allaqachon chiqarib yuborilganlar soni 27 kishini tashkil etadi. Bunday cheklovchi choralar faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmoqda", — dedi Tashqi ishlar vazirligi.

Jukovskiy, Domodedovo va Sheremetevo aeroportlarida ham shunday vaziyat kuzatilmoqda. Xususan, o‘nlab Tojikiston fuqarolari tegishli sharoitlarsiz aeroportlarda qolmoqda.

Tojikiston fuqarolari yetarli darajada issiq ovqat bilan ta’minlanmagani sababli tojik diplomatlari diaspora vakillari bilan hamkorlikda Vnukovo aeroportiga oziq-ovqat yetkazib berishmoqda. Bundan tashqari, vatandoshlarga joyida zarur yordam ko‘rsatish maqsadida Tojikistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi konsullik xizmati tomonidan 24 soatlik tezkor shtab ochilgan”, — deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.

Rossiyada Tojikiston fuqarolariga nisbatan nazorat 22 mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall'da yuz bergan teraktdan so‘ng kuchaydi. “Piknik” guruhi konserti boshlanishidan bir oz oldin avtomatik qurol bilan qurollangan to‘rt kishi konsert zaliga bostirib kirdi. Ular avvaliga odamlarga qarata o‘q uzdi, keyin esa binoni ichkaridan yoqib yubordi.

Hujum oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘ldi, bir necha yuz kishi turli tan jarohat va talafotlar oldi. Teraktga aloqadorlikda ayblanib, bir necha Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi. ISHIDning Xuroson bo‘limi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Biroq Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainani hujumga aloqadorlikda aybladi. Rasman Ukraina teraktga aloqadorligini rad etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi