13:07 / 29.04.2024
174

Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi

Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Foto: “TASS”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinladi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u ta’lim muassasasi rahbarining iltimosiga ko‘ra shunday qarorga kelgan.

Qadrli akam, Rossiya maxsus kuchlari universiteti rahbari Baybetar Vayxanovning iltimosiga ko‘ra, men Adam Qodirovni Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlashga qaror qildim. U mashhur universitet faoliyati bilan yaqindan tanish, shuning uchun o‘ziga yuklangan mas’uliyatni a’lo darajada bajara oladi, deb ishonaman”, — dedi Qodirov.

2023 yilning kuzida Adam Qodirov Qur’onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni tergov izolatorida kaltaklagandi. Ramzan Qodirov ushbu holat tasvirlangan videoni e’lon qilib, o‘g‘li “to‘g‘ri ish qilgan”ini aytgan. Keyinchalik Checheniston rahbari “uni o‘ldirsa yaxshi bo‘lardi”, degan. Kreml vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.

Bu voqeadan so‘ng Adam Qodirov turli mukofotlarni ola boshlagan. U Checheniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan, butun musulmonlar qahramoni deb e’lon qilingan va “Qorachoy—Cherkasiya oldidagi xizmatlari uchun”, 1-darajali “Ummat oldidagi xizmatlari uchun”, “Kabardin—Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.

Ikki ukasi bilan birgalikda Adam Qodirov Checheniston parlamentining eng yuqori “Daymexkan Siy” ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, Adam Qodirov “Rossiyaning mehnat jasorati” ordeni va Yevrosiyo universitetlar assotsiatsiyasi medali bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi