Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, dushanba kuni Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorev TIVga chaqirilgan. Unga Rossiya hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan «katta salbiy munosabat namoyon bo‘lgan ko‘plab holatlar» munosabati bilan norozilik notasi taqdim etildi.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada tojikistonliklarning huquq va erkinliklari «keng miqyosda poymol etilayotganini» e’lon qildi.
«Notada qayd etilishicha, bunday harakat faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi, bu tojik-rus munosabatlari ruhi va an’analariga tubdan mos kelmaydi», — deyiladi departamentning Telegramdagi xabarida.
Kecha, 28 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi puxta tekshiruvlar natijasida Moskva aeroportlarida mingga yaqin respublika fuqarosi qolib ketgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Asia Plus nashrining yozishicha, 22 apreldan buyon Orenburg viloyatidagi Qozog‘iston-Rossiya chegarasida tojikistonliklar to‘xtatib qolingan.
Shu fonda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
“Liverpul” 9 nafar superfutbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda
Ispaniya Isroilga qurol olib ketayotgan kemani portga kiritishdan bosh tortdi
Rossiya va Ukraina urushida 300 ga yaqin Shri-Lanka fuqarosi ishtirok etmoqda