22:10 / 29.04.2024
191

Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi

Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Foto: Google Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask Vashingtonning Kiyevni o‘n yil davomida qo‘llab-quvvatlashi haqidagi muhokamani “ahmoqlik” deb atadi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat rasmiylari AQSH bilan birgalikda xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma ishlab chiqayotganini aytgan edi.

Bu aqldan ozish. Abadiy urush”, — deb yozdi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida amerikalik biznesmen Devid Saksning xabariga javoban. Devid Saks o‘z postida Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘n yilga mo‘ljallangan xavfsizlik kelishuvi ustida ishlayotganini ta’kidlagandi.

28 aprel kuni Vladimir Zelenskiy yordam shartnomasini Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va AQSH davlat kotibi yordamchisi Jeyms Braun muhokama qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat harbiy, moliyaviy va siyosiy yordam bo‘yicha majburiyatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ukraina Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Fransiya, Kanada va Italiya bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalarini tuzgan. Fevral oyida Norvegiya bilan ham shunga o‘xshash kelishuvlar muhokama qilinayotgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi