date
views 247

NATO rahbari Stoltenberg Kiyevga kelib, prezident Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi

NATO rahbari Stoltenberg Kiyevga kelib, prezident Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Ukrinform
NATO rahbari Yens Stoltenberg 29 aprel kuni Ukraina poytaxt Kiyevga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Ukrinform nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Stoltenberg va Zelenskiy Kiyevda Ukraina uchun 100 milliard yevrolik jamg‘arma tashkil etish masalasini muhokama qilgan. NATO rahbari Ukraina mudofaasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilgan.

Bugun biz Yensning besh yil muddatga Ukraina mudofaasini 100 milliard yevro miqdorida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma yaratish tashabbusini muhokama qildik”, — degan prezident Zelenskiy uchrashuvdagi nutqida.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, NATO ittifoqchilarida haqiqatda bunday tashabbusni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ukraina esa vaziyat taqozosiga ko‘ra, bu yordamdan foydalanishga to‘la haqli.

Zelenskiyning qayd etishicha, bunday fondni tashkil etish tafsilotlari haqiqatan ham Ukraina tomoni uchun muhim.

Muhimi, bu xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvlarimizda belgilangan ikki tomonlama hajmlar evaziga emas”, — dedi prezident.

29 aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO rahbari Stoltenberg Kiyevga kelib, prezident Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi