Foto: Patrick Semansky/AP/picture alliance
Qo‘shma Shtatlarda Milliy xavfsizlik agentligi (MXA)ning sobiq xodimi Jare Sebastyan Dalke Rossiya razvedkasi xodimiga milliy xavfsizlik haqida maxfiy ma’lumotlarni (National Defence Information, NDI) uzatishga uringani uchun deyarli 22 yil (262 oy) qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 29 aprel, dushanba kuni AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Dalke 2023 yilda maxfiy, oshkor etilmagan ma’lumotlarni xorijiy agentga uzatishga urinish bo‘yicha oltita ayblovni tan oldi.
Press-relizda aytilishicha, 2022 yil 6 iyundan 1 iyulgacha erkak MXAda axborot tizimlari xavfsizligi arxitektori sifatida ishlagan. Biroq, Dalke 2022 yil avgustidan sentyabrgacha shifrlangan elektron pochta hisobidan uchta maxfiy hujjatdan ko‘chirmalarni Rossiya agenti deb hisoblagan shaxsga yuborish uchun foydalanganini tan oldi. Biroq, u odam Federal tergov byurosi (FTB)ning maxfiy xodimi bo‘lib chiqdi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chirma olingan uchta hujjatning barchasida milliy xavfsizlik bo‘yicha maxfiy ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular o‘ta maxfiy/maxfiy ma’lumotlar (SCI) sifatida tasniflangan va Dalke tomonidan MXAda ishlagan vaqtida olingan.
Taxminan 2022 yil 26 avgustda Dalke o‘zida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlar uchun 85 000 dollar so‘ragan. FTBning maxfiy agenti bilan gaplashar ekan, u Vashingtondagi ofisiga qaytib kelganida yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishishga va’da bergan.
Denverdagi poyezd stansiyasida maxfiy ma’lumotlarni topshirish
Dalke o‘zida bo‘lgan qo‘shimcha maxfiy ma’lumotlarni Denver markazidagi Union Station stansiyasida ehtimoliy rus agentiga topshirish haqida kelishib olgan. AQSH Adliya vazirligi bayonotida aytilishicha, noutbuk va FTBning maxfiy xodimidan olgan ko‘rsatmalaridan foydalanib, erkak unga beshta faylni bergan, ulardan to‘rttasida milliy xavfsizlik bo‘yicha o‘ta maxfiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan.
Oxirgi fayl rus tilida va kirill alifbosida yozilgan «Do‘stlarim!» degan so‘zlar bilan boshlangan xat edi. Maktubda shunday deyilgan: «Nihoyat, sizga ushbu ma’lumotni taqdim etishdan juda mamnunman... Do‘stligimiz o‘zaro manfaatli bo‘lishini intiqlik bilan kutaman. Agar kerakli hujjatlarni topish kerak bo‘lsa, menga xabar bering, men buni bosh ofisimga qaytganimda amalga oshirishga harakat qilaman».
FTB Dalkeni 2023 yil 28 sentyabrda, bu fayllarni topshirganidan bir necha daqiqa o‘tib hibsga oldi. «Ushbu hukm mamlakatimizga xiyonat qilishga uringanlar o‘z jinoyati uchun javob berishini ko‘rsatadi», — dedi bosh prokuror Merrik Garlend. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi