17:00 / 30.04.2024
265

NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”

NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Foto: Reuters
Alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyevga tashrifi chog‘ida NATO davlatlari Ukrainaga bergan va’dalarini bajarmaganini ta’kidladi. Natijada rus armiyasi frontda ustunlikka erishdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam paketini kelishib olish uchun olti oy vaqt kerak bo‘lgan. Yevropa ittifoqchilari esa bu vaqtda e’lon qilingan o‘q-dori va qurol-yarog‘ni yetkazib bera olmagan.

Stoltenberg Kiyevga Amerikaning Patriot havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish NATO uchun ustuvor vazifa ekanini aytgan.

"Ukraina bir necha oylardan beri qurol yetishmayotgani sababli o‘q-dorilarni tejashga majbur. Bu Rossiyaning frontda oldinga siljishga muvaffaq bo‘lganini anglatadi. Lekin hali kech emas, Ukraina g‘alaba qozonishi mumkin", — dedi NATO rahbari.

Ayni paytda, Moskvada Ukrainadagi urush paytida qo‘lga olingan G‘arb harbiy texnikasini namoyish etadigan ko‘rgazma ochilishiga tayyorgarlik ketmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Rossiyaning Odessaga bergan so‘nggi yirik zarbasi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. 30 ga yaqin kishi yaralangan. Turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi ham zarar ko‘rgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”