18:02 / 30.04.2024
184

Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat

Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
“Tong qushi” va “Kurt Seyit va Aleksandra” kabi mashhur teleseriallarda rol o‘ynagan aktrisa Demet O‘zdemir Istanbul shahrida xarid qilgan yangi va shinam uyi rasmlarini muxlislariga havola etdi.

Foto: Beyazperde
Ikki qavatli villa Istanbulning osoyishta va shovqindan yiroq manzarali qismida joylashgan. Uning atrofida baland va hashamatli saroy kabi xonadonlar yo‘q.

Foto: Instagram
Uy ixcham va ortiqcha dabdabadan holi tarzda qurilgan. Atrofdagi qo‘shni xonadonlar ham hashamatdan yiroq. Xonadon intereri minimalizm uslubida tuzilgan bo‘lib, Skandinaviya va klassika usulida loyihalashtirilgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Intererda oq, jigarrang, zaytun tusli yashil ranglar uyg‘unlik hosil qilgan. Pol va mebellarning aksariyat qismi tabiiy yog‘ochdan ishlangan. Demetga plastik va sintetik dekoratsiyalardan ko‘ra tabiiy materiallardan ishlangan interer predmetlari yoqadi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Eslatib o‘tamiz, Demet O‘zdemir va O‘g‘uzxan Koch 2022 yilning avgust oyida turmush qurgan va Istanbuldagi eng nufuzli mehmonxonada 180 000 dollarlik to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ammo oradan sakkiz oy o‘tib juftlik ajrashib ketdi. Turk OAV ma’lumot berishicha, sobiq er-xotin bir tumandan uy xarid qilib, deyarli qo‘shnilarga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat