18:50 / 30.04.2024
645

Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi

Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Foto: Reuters
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilini “sotqin” deb atadi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Irakliy Kobaxidze Mudofaa kuchlari kunidagi nutqida shunday bayonot bergan va ataylab mamlakat prezidenti nutqini qabul qilmaganini aytgan.

"Siyosiy bayonotlari bilan ham, yuksak prezidentlik lavozimiga ham to‘g‘ri kelmaydigan avvalgi ma’ruzachini atayin qarshi olmadim. Konstitutsiyaga bergan qasamini buzgani va vatanga xiyonat qilgani uchun hamma xudo oldida javob beradi. Eng achinarlisi shundaki, hali ham qonuniy ravishda Gruziya prezidenti deb atalgan shaxs tom ma’noda bu davlatga sotqindir. U Gruziyaning milliy manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xiyonat qiladi", — deb hisoblaydi u.

Kobaxidzening fikricha, Zurabishvili mamlakat prezidenti lavozimini egallab kelayotgani achinarli. Buning uchun u gruzin xalqidan ”shaxsan uzr” so‘radi.

18 aprel kuni Zurabishvili mamlakatda xorijiy agentlar haqidagi qonun loyihasiga qarshi mitinglar davom etishiga va 2024 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari strategiyasining bir qismiga aylanishiga umid bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi