09:13 / 01.05.2024
123

Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Foto: France24
Gruziya poytaxti Tbilisida 30 aprel kuni hukumat qaroridan norozi bo‘lgan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Tbilisi markazidagi parlament binosi yaqinida xorijiy agentlar haqidagi qonunga norozilik bildirgan namoyishchilar to‘plangan. Politsiya ularni tarqatishga harakat qilgan. Oqibatda esa to‘qnashuvlar yuzaga kelgan.

Deputatlar uchun binodan chiqish yo‘lini to‘sib qo‘yishga uringan bir necha namoyishchilar hibsga olingan. Jurnalistlar binoga xodimlar kirish joyi yaqinidagi hududdan haydab chiqarilgan.

30 aprel kuni mamlakat qonunshunoslari chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunni muhokama qilgan. Ammo loyiha tasdiqlanmagan. Muhokama 1 may kuni davom ettirilishi ma’lum qilingan.

17 aprel kuni Gruziya parlamenti xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan edi. Bunga dastlab Gruziya prezidenti Salome Zurabichvili, keyinroq esa muxolifat va G‘arb diplomatlari qarshi chiqqan. Rasmiylar bu qarorni mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuviga to‘siq sifatida ko‘rishgan.

Dushanba kunidan beri Tbilisida muxolifat va fuqarolik faollari qonun loyihasiga qarshi mitinglar o‘tkazmoqda. Hukumat qarshiligiga qaramay, namoyishlar to‘xtamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi