date
views 226

Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”

Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Foto: Google Images
Yaqinda AQSH butun dunyo bo‘ylab matbuot erkinligi cheklovlariga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar paketini ishlab chiqadi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Baydenning Oq uy saytida chop etilgan bayonotida aytiladi.

Kelgusi haftalarda men butun dunyo bo‘ylab jurnalistlarning noqonuniy hibsga olinishi misolida, matbuot erkinligiga bo‘lgan global tazyiqlarga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator ma’muriy choralarni ko‘raman”, dedi Bayden.

Ushbu chora-tadbirlar viza berishni cheklash, shuningdek, “matbuotni bo‘g‘ayotganlarga” qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga oladi. AQSH prezidenti 2023 yil jurnalistlar uchun “eng halokatli yil” bo‘lganini, jumladan, G‘azodagi janglarni yoritayotgan falastinlik muxbirlarning ko‘pi halok bo‘lganini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”