
Foto: “VKontakte”
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Rossiya butun urush davomida Ukraina hududidagi 250 mingdan ortiq turar-joy binosini vayron qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Ukrinform nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Denis Shmigal 3 may kuni hukumat yog‘ilishi paytida Rossiya tomonidan Ukraina shaharlariga yetkazilgan talafot haqida hisobot e’lon qilgan. Hisobotga ko‘ra, hozirda 250 ming bino yashash uchun yaroqsiz holatda.
Ukraina bosh vaziri, shuningdek, mamlakatni qayta tiklash uchun sarflanishi talab etiladigan mablag‘ borasida ham hisobotini o‘qib eshittirgan. Unga ko‘ra, urush tufayli iqtisodiyoti vayron bo‘lgan mamlakatni tiklash uchun kamida 486 milliard dollar kerak bo‘ladi.
“Ukraina ozodligi uchun kurash davom etmoqda. Ammo biz mamlakatni qayta tiklashni hozirdan rejalashtirmoqdamiz. Hamkorlarni jalb qilib, resurslar izlayapmiz”, — degan Shmigal.
Ukraina vakili kompensatsiya borasida Ukrainaning Rossiyaga talablari va bu boradagi pozitsiyasi o‘zgarmasligini ma’lum qilgan. Rossiya hamma narsa uchun badal to‘lashi kerakligi ta’kidlangan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, urush davomida Ukrainadagi 4000 ga yaqin maktab, 1000 dan ortiq kasalxona va boshqa ko‘plab obyektlar ham vayron bo‘lgan. Mamlakat sharqidagi energiya tizimlari yaroqsiz holga kelayotgani aytilgan.
Ukraina Bosh VaziriRossiya UrushiTurar Joy BinosiTalafot HaqidaMamlakatni TiklashIqtisodiyotni Vayron Qilmoqda O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar