23:06 / 06.05.2024
179

Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?

Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?
Foto: dzen.ru
“Tolibon” hukumatining statistika departamenti 6 may kuni mamlakatda sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar va turizm istiqbollari haqida hisobot e’lon qildi. Bu haqda “Sputnik Afg‘oniston” nashri xabar berdi.

Hisobotda aytilishicha, 2023 yilning aprelidan 2024 yil apreligacha Afg‘onistonga 14478 nafar erkak va 675 nafar chet el fuqaroligiga ega ayol kirib kelgan. Turistlar sonida ijobiy o‘zgarish kuzatilgani aytilgan.

Mamlakatga “Tolibon” hukumati kelganidan keyin butun Afg‘oniston bo‘ylab sayyohlar xavfsizligi ta’minlandi, mamlakatning barcha hududlariga sayohat qilish uchun ruxsat berildi. Xavfsizlik xodimlari bilan hamkorlikda sayohatchilar xavfsizligini ta’minlash borasida ish olib borildi. Mamlakatda xavfsizlik ta’minlangan. Bu sohada hech qanday maxsus xavfsizlik chorasi qo‘llashga ehtiyoj yo‘q”, — degan “Tolibon” axborot va madaniyat vazirligi matbuot kotibi Habib G‘afron.

“Tolibon” vakili turizmga maxsus budjet ajratilishi haqidagi savolga javob berar ekan, madaniyat vazirligining maqsadlari sayyohlar maydonini xalqaro standartlar va me’yorlar asosida rivojlantirishdan iborat ekanligini aytgan.

Biz Afg‘onistonda mana shu yigirma yillik urush va undan oldingi davrda qurilmagan loyihalar amalga oshiryapmiz. Afg‘onistonda sayyohlik hududlarini bog‘laydigan standart yo‘llar avvallari bo‘lmagan. Biz bularning barchasini asta-sekin standartlashtirmoqdamiz”, — degan Habib G‘afron

G‘afron shuningdek, barcha sayyohlarga munosabat bir xil ekanligini qo‘shimcha qilgan. Kimning qaysi davlatdan ekanligi ularga munosabat o‘zgarishiga ta’sir etmasligini aytgan. Kelgan har bir chet ellik sayyoh xuddi shu tamoyillar asosida sayohat qilib, keyin o‘z mamlakatlariga qaytishi mumkinligi aytilgan.

Bu yil qancha sayyohni qabul qilib olishimiz haqida bizda hozircha aniq raqam yo‘q. Lekin biz ko‘proq sayyohlarni qabul qila olamiz. Masalan, bu yil sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Afg‘onistonga istagancha sayyoh kelishi mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, turistlar sonini cheklash to‘g‘risida kelgusida ko‘rib chiqishimiz mumkin".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?