07:25 / 07.05.2024
95

Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
Foto: Anadolu
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqining qator rahbarlari 6 mart kuni Isroildan G‘azoga o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Parijda Xitoy rahbari Si Szinpin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa Ittifoqidan fon der Lyayen o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Parijda Xitoy rahbarining Yevropaga so‘nggi besh yildagi ilk tashrifi tantanali tashkil etilgan.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Parijdagi uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda rahbarlar Yaqin Sharq masalasini muhokama qilganini ma’lum qilgan.

Biz Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildik. Bu mavzu barchamizni tashvishga solmoqda”, — degan Ursula fon der Lyayen.

Uchrashuvda rahbarlar G‘azoda o‘t ochishni tezda to‘xtatishga chaqirgan. Gumanitar halokat kuchayishini oldini olishga chaqirilgan.

Biz yana bir bor G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va barcha garovga olinganlarni ozod qilishga chaqiramiz. Ikki davlat yechimi yo‘lida faol ish olib borish va insonparvarlik yordami ko‘rsatishda davom etamiz”, — deyilgan rasmiylar xabarida.

Oldinroq Isroil rasmiylari Rafah operatsiyasi davom ettirilishini ma’lum qilgan edi. G‘azo janubida to‘plangan aholi maxsus gumanitar zonalarga ko‘chirilishi aytilgan. Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi rahbari Isroilni bu rejani bekor qilishga qat’iy chaqirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda G‘azo janubida 1,5 million nafardan ortiq ko‘chirilgan falastinlik istiqomat qilmoqda. Ular yaqin orada hududdan qayta ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi