
Foto: Prezident matbuot xizmati
Moskvada 8 may kuni O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, unda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga kelgandi. O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley sammitida qatnashib, nutq so‘zladi.
9 may kuni davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Qizil maydonda 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradga Vladimir Putin to‘qqiz nafar prezidentni taklif etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar