date
views 366

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya Xarkovdagi beshta aholi punktini egallab oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya Xarkovdagi beshta aholi punktini egallab oldi
Foto: “TASS”
Rossiya kuchlari 11 may kuni Ukrainaning Xarkov viloyati hududidagi beshta aholi punktini egallab olgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 11 may kuni Rossiya kuchlari Xarkov viloyatida joylashgan Pletenevka, Ogursovo, Borisovka, Pilna va Strelechya hududlarini egallagan. Hududdan Ukraina mudofaa kuchlari surib chiqarilgan.

Rus qo‘shinlari, shuningdek, Donetsk viloyatidagi Keramik qishlog‘ini ham qo‘lga kiritgani xabar qilingan. Harbiylar ushbu hududda pozitsiyalarini mustahkamlagan.

Xarkov gubernatori Oleg Sinegubovning aytishicha, Rossiya 11 may Xarkov viloyatiga hujumlarini faollashtirgan. Rus qo‘shinlari nazorat chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishga urinayotganligi ma’lum qilingan.

Rossiya kuchlari Xarkov viloyatiga ilk bor 2022 yilning fevralida hujum uyushtirgan. Biroq o‘sha yilning sentyabrida Ukrainaning tezkor qarshi hujumi natijasida viloyatning aksariyat qismi ozod qilingan. Shundan beri Rossiyaning Ukrainadagi qo‘shini Belgorod viloyati Kiyev uchuvchisiz uchoqlari va artilleriyalarining muntazam zarbalariga uchrab kelayotgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududini Ukraina zarbalaridan himoya qilishning yagona yo‘li Moskva hududida bufer zona yaratish ekanini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hozirda Ukrainaning taxminan 18 foiz hududini nazorat qilmoqda, asosan, Ukrainaning sharq va janub tomonlarini egallab olgan.

Xarkov ma’muriyati viloyatga Rossiya hujumi borasida fikr bildirib, chegara hududida janglar davom etayotganini aytgan. Xarkov shimolidan 1700 nafardan ortiq fuqaro evakuatsiya qilingan. Ukraina rasmiylari, shuningdek, beshta aholi punkti Rossiya qo‘liga o‘tgani borasidagi xabarni rad etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya Xarkovdagi beshta aholi punktini egallab oldi