
Foto: Anadolu
Norvegiya tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde BMT rahbariyatini Falastinni tashkilotga qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda G‘arb manbalariga asoslanib, Anadolu nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Espen Bart Eyde Norvegiya rahbariyati BMT Bosh assambleyasida Falastinni qo‘llab ovoz berishni rejalashtirayotganini, Falastinning o‘z ovoziga ega bo‘lish yo‘lidagi kurashini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
“Norvegiya Falastinning BMTga to‘laqonli a’zolik maqomini olish haqidagi arizasini qo‘llab-quvvatlashini va Bosh assambleyada ovozga qo‘yish kuni uni yoqlab ovoz berishini ochiq-oydin ma’lum qiladi”, — deyiladi Norvegiya tashqi ishlar vaziri bayonotida.
Hozirga qadar Falastinning BMTga qabul qilinishiga AQSH, Isroil, Vengriya, Argentina, Mikroneziya, Nauru, Palau va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar qarshi chiqqan. Birlashgan Arab Amirliklari boshchilik qilgan rezolyutsiya ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, 143 a’zo davlat uni yoqlagan. 9 davlat qarshi va 25 mamlakat betaraf pozitsiya e’lon qilgan.
Falastin vakillari BMT Bosh assambleyasi tomonidan ma’qullangandan so‘ng BMTning turli qo‘mitalari tarkibiga saylanishi mumkin. Eydening so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi va ikki davlat yechimi keng miqyosda qo‘llab-quvvatlayotganini aks ettirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar