
Foto: Getty Images
Isroilning faol hujumlari oqibatida shu paytga qadar G‘azo janubidagi Rafah hududini 360 mingga yaqin falastinlik tark etgan. Bu haqda BMTning Yaqin Sharqqa yordam ko‘rsatish agentligi ma’lumotlariga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Isroil hukumatining rejalashtirilgan evakuatsiya rejasi e’lon qilinishi ortidan boshlangan majburiy ko‘chirish aholining doimiy ko‘chishiga olib kelmoqda. Bir necha kun oldin qochqinlar yashab turgan lagerlar hozirda butunlay bo‘shab qolgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 12 may kunining o‘zida kamida 60 ming odam Rafahdan qochib ketgan. Aholi ko‘chishlari davomida halok bo‘layotgan fuqarolar haqida ma’lumotlar kelib tushayotgani aytilgan.
“Ayni paytda G‘azo shimolidagi bombardimonlar va evakuatsiya to‘g‘risidagi buyruqlar minglab oilalarni ko‘chishga majburlamoqda, aholi orasida qo‘rquv keltirib chiqarmoqda. O‘t ochish to‘xtatilmas ekan bu yerlarda xavfsizlik bo‘lmaydi”, — deyiladi BMTning Yaqin Sharq qochqinlariga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) xabarida.
AQSH rasmiylari Isroilning Rafahga bostirib kirishiga qarshi qattiq ogohlantirishlarni takrorlab, quruqlikdan hujum tinch aholi orasida qurbonlar soni keskin ko‘payishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan. Shunga qaramay Isroil operatsiyani davom ettirmoqda.
Isroil HujumlariG‘azo RafahQochqinlar LagerlariBMT Ma’lumotlariAholi Ko‘chishiYaqin Sharq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar