
Foto: “TASS”
Sergey Shoyguni Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan olish qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putinning umidsizligidan dalolat beradi. Bu haqda AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Vedant Patelga tayanib, Reuters xabar berdi.
"Shunday qilib, Kreml rahbari o‘z mamlakatini iqtisodiy urushga tayyorlamoqchi va mudofaa budjetidan yaxshiroq foydalanishga harakat qilmoqda", — dedi Patel.
U Kreml rahbari “qon to‘kilishini to‘xtatish niyatida emasligi”, balki uzoq davom etadigan qarama-qarshilikka hozirlik ko‘rayotganini ta’kidladi.
"Bizning qarashimiz shuki, bu Putinning Rossiya iqtisodining og‘ir tanazzulga uchrashiga va rus qo‘shinlarining katta yo‘qotishlariga qaramay, Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini davom ettirishga umidsiz intilishidan dalolatdir", — dedi u.
11 may kuni Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguni ishdan olib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi. Shoygu mudofaa vaziri lavozimida 12 yil ishlagan. Rossiyaning yangi mudofaa vaziri etib avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Andrey Belousov tayinlanadi.
Andrey Belousov 1959 yil 17 martda tug‘ilgan, 1981 yilda Moskva davlat universitetining iqtisod fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U so‘nggi 12 yil davomida iqtisodiyot vaziri, prezident yordamchisi va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar