12:21 / 15.05.2024
207

Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi

Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Foto: Euronews
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Xalqaro jinoiy sudni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azo sektoridagi harakatlari uchun hibsga olish uchun order berishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida xabar berdi.

"Netanyaxu genotsidni to‘xtatmaydi. Bu Xalqaro jinoiy sud hibsga olish to‘g‘risidagi xalqaro order berishi kerakligini anglatadi", — dedi u.

Petro, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashini “G‘azo sektorida tinchlikparvar kuchlar yaratish” imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Kolumbiya rasmiylari Isroilga nisbatan Yaqin Sharqdagi mojaro masalasida bir necha bor keskin gapirgan. May oyi boshida Kolumbiya yahudiy davlati bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzdi. Gustavo Petro Isroil bosh vaziri G‘azo sektorida genotsid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kirishini ta’kidlagandi.

"Janob Netanyaxu, siz genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni qirganlar qatorida bo‘lasiz. Genotsid din bilan bog‘liq yoki yo‘qligidan qat’i nazar genotsiddir.

Hech bo‘lmaganda davom etayotgan qirg‘inni to‘xtating. Men antisemit emasman va insoniyatning dushmani ham emasman. Agar G‘azo o‘lsa, insoniyat ham o‘ladi
", — deb yozgandi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi